TAQSIMLANGAN TIZIMLARDA KONFLIKTSIZ REPLIKATSIYALANUVCHI MA’LUMOT TURLARI (CRDT): NAZARIY TAHLIL VA RESURS-CHEKLANGAN REAL VAQTLI MUHITLAR UCHUN KONTSEPTUAL KENGAYTMA
Annotatsiya
Maqolada taqsimlangan tizimlarda replikalar o‘rtasida markazlashgan muvofiqlashtiruvchi yoki konsensus protokolisiz izchillikni ta’minlash muammosi - konfliktsiz replikatsiyalanuvchi ma’lumot turlari (Conflict-free Replicated Data Types, CRDT) nazariyasi asosida tahlil qilingan. CAP teoremasi va kuchli oxir-oqibat konsistentligi (Strong Eventual Consistency) tushunchalaridan kelib chiqib, CRDT’ning ikki asosiy turi - holatga asoslangan (CvRDT) va operatsiyaga asoslangan (CmRDT) - hamda ularning trafik samaradorligini oshiruvchi delta-mutatsiya kengaytmasi tizimli tarzda ko‘rib chiqilgan. Hamkorlikdagi matn tahrirlash, taqsimlangan fayl tizimlari va peer-to-peer virtual borliq (VR) muhitlaridagi amaliy qo‘llanilish tajribalari tahlil qilinib, mavjud tatbiqlarning uchta asosiy cheklovi - metadata (tombstone) o‘sishi, barcha yangilanishlarga nisbatan ustuvorlik-neytralligi va murakkab turlarda delta hajmining kattalashuvi - aniqlangan. Ushbu tahlil asosida maqolada delta-CRDT arxitekturasiga tarmoq holati va ma’lumot ahamiyatiga asoslangan uzatish navbati qatlamini CRDT’ning matematik konfliktsizlik xossalarini buzmagan holda qo‘shishga asoslangan “ustuvorlik-ogoh delta-CRDT” kontseptual modeli taklif etiladi. Model resurs-cheklangan (past o‘tkazuvchanlik, yuqori tebranishli) tarmoq sharoitida ishlaydigan real vaqtli ko‘p foydalanuvchili tizimlar uchun mo‘ljallangan.
Hali tarjima qilinmagan