Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA "VAQT" VA "MEHMON" KONSEPTLARINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi “vaqt” va “mehmon” konseptlari lingvokulturologik jihatdan qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali sifatida izohli lug‘atlar, maqol va matallar hamda frazeologik birliklar olingan. Tahlil natijasida ingliz lingvomadaniyatida vaqt asosan “resurs” va “pul” sifatida, o‘zbek lingvomadaniyatida esa “ne’mat”, “fursat” va ijtimoiy-maishiy hodisalar bilan o‘lchanadigan birlik sifatida konseptuallashtirilishi aniqlandi. “Mehmon” konsepti o‘zbek tilida muqaddaslik va ulug‘lash g‘oyasi bilan, ingliz tilida esa shaxsiy hudud, taklif va vaqt chegarasi g‘oyasi bilan bog‘liqligi ko‘rsatildi. Ikki konsept o‘zaro kesishgan nuqtada - mehmondorchilik vaqtini idrok etishda - madaniyatlararo farq yaqqol namoyon bo‘ladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar