TALABALARDA EKOLOGIK ONGNING SHAKLLANISHIGA TA'SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK OMILLAR
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada oliy ta'lim muassasalari talabalarida ekologik ongning shakllanish jarayoniga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi psixologik omillar tizimli tarzda tahlil qilingan. Muallif ekologik ongni shaxsning tabiiy muhit bilan o'zaro munosabatini tartibga soluvchi kognitiv, emotsional va xulq-atvor komponentlaridan iborat murakkab tuzilma sifatida talqin etadi. Tadqiqotda 320 nafar talaba ishtirokida o'tkazilgan so'rovnoma natijalari asosida ekologik qadriyat yo'nalganligi, ichki motivatsiya, empatiya darajasi, mas'uliyat lokusi hamda ijtimoiy-guruhiy normalar kabi omillarning ta'sir kuchi aniqlangan. Olingan ma'lumotlar ekologik ongni rivojlantirishning psixologik-pedagogik shart-sharoitlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Hali tarjima qilinmagan