Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

GIPPOLOGIK TERMINLARNING TARJIMASIDA GRAMMATIK LAKUNALAR VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI

Oktam AbdinazarovTermiz iqtisodiyot va servis universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz tilidagi gippologik terminlarning o‘zbek tiliga tarjimasida yuzaga keladigan grammatik lakunalar va ularni bartaraf etish usullari lingvistik hamda tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etiladi. Gippologik terminologiya otchilik, ot zotlari, otning anatomik tuzilishi, fiziologik holati, naslchilik, sport otchiligi, parvarish va veterinariya kabi ko‘plab maxsus tushunchalarni qamrab oladi. Ushbu terminlarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida ikki tilning grammatik qurilishi, so‘z turkumlari, terminologik birikmalarning strukturasi, artikl kategoriyasi, son, aniqlik-noaniqlik va atributiv munosabatlarning turlicha ifodalanishi natijasida grammatik lakunalar yuzaga kelishi mumkin. Tadqiqotda qiyosiy-tipologik, kontekstual, transformatsion va komponent tahlil usullaridan foydalanildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, grammatik lakunalarni bartaraf etishda morfologik almashtirish, sintaktik transformatsiya, grammatik qo‘shish, tushirib qoldirish, konkretlashtirish va tavsifiy tarjima kabi usullar samarali hisoblanadi. Tadqiqot natijalari ingliz-o‘zbek gippologik terminologiyasining tarjima ekvivalentlarini shakllantirish va maxsus terminlarning izchil tarjimasini ta’minlash uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar