O‘SMIRLARDA DESTRUKTIV AXBOROTGA PSIXOLOGIK QARSHILIKNI SHAKLLANTIRISHDA METAKOGNITIV STRATEGIYALARNING O‘RNI
Annotatsiya
Maqolada o‘smirlarda destruktiv axborotga psixologik qarshilikni shakllantirishda metakognitiv strategiyalarning o‘rni nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Metakognitiv bilim, monitoring va nazorat jarayonlarining xabar ishonchliligini baholash, hissiy ta’sirni anglash hamda axborotni tarqatish qarorini boshqarishdagi vazifalari yoritiladi. Metakognitiv tanaffus, ishonch darajasini kalibrlash, lateral o‘qish, dalillarni solishtirish, o‘z-o‘ziga savol berish va refleksiv qayd yuritish usullarining psixologik mazmuni ochib beriladi. Ushbu strategiyalarni media savodxonlik, emotsional o‘zini boshqarish va qo‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy muhit bilan uyg‘unlashtirish zarurligi asoslanadi.
Hali tarjima qilinmagan