Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

RAQAMLI KOMMUNIKATSIYA JARAYONIDA O‘QUVCHILAR KONFLIKTLARNING KELIB CHIQISH SABABLARI

Feruza Maxmud qizi MajidovaOsiyo xalqaro universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada raqamli kommunikatsiya muhitida yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida yuzaga keladigan konfliktlarning ijtimoiy-psixologik kelib chiqish sabablari tahlil qilingan. Raqamli platformalarda muloqotning kengayishi bilan anonimlik, xabarlarning emotsional talqin qilinishi, tengdoshlar guruhi ta’siri, media savodxonlik darajasi hamda virtual muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari konfliktlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi muhim omillar sifatida baholangan. Tadqiqotda ijtimoiy psixologiya va konfliktologiyaning zamonaviy yondashuvlari asosida ilmiy manbalarni qiyosiy va tizimli tahlil qilish metodlaridan foydalanildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, emotsional o‘zini boshqarish ko‘nikmalarining yetarli darajada rivojlanmaganligi, empatiya darajasining pastligi, shaxsiy chegaralarning buzilishi hamda kiberbullying elementlarining namoyon bo‘lishi raqamli konfliktlarning kuchayishiga xizmat qiladi. Maqolada ushbu omillarni bartaraf etishga qaratilgan psixologik-pedagogik tavsiyalar ishlab chiqilib, ta’lim muassasalarida konstruktiv raqamli muloqot madaniyatini rivojlantirishning ahamiyati asoslab berilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar