FALSAFA FANINI O'QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA TALABALAR TANQIDIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI
Annotatsiya
Maqolada falsafa fanini o'qitishda talabalarning tanqidiy tafakkurini argument tuzilmasini ko'rinadigan qilish orqali shakllantirishning metodik asoslari tahlil qilinadi. S. Tulminning argument modeli, argument xaritalash bo'yicha tadqiqotlar hamda tanqidiy fikrlash bo'yicha Delfi konsensusi asosida "Savol – dalil – qarshi dalil – qayta qurish" to'rt bosqichli argumentativ sikl modeli taklif etiladi. Siklning har bir bosqichi uchun maqsad, raqamli vosita (Kialo, Rationale, MindMup, Argunet) va talaba faoliyati belgilangan, tanqidiy fikrlashning olti asosiy ko'nikmasi falsafiy topshiriqlar va raqamli vositalar bilan muvofiqlashtirilgan. Modelni falsafa seminarlariga joriy etishning tashkiliy-pedagogik shartlari va cheklovlari asoslangan.
Hali tarjima qilinmagan