INKLYUZIV TA’LIM MUHITIDA TALABALARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI “IMKONIYATDAN SALOHIYATGA” TAMOYILI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH MODELI
Annotatsiya
Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim muhitida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Talabaning individual imkoniyatlarini aniqlash, ularni maqsadli pedagogik ta’sir, individuallashtirilgan ta’lim, adaptiv faoliyat va refleksiv monitoring orqali kasbiy salohiyatga transformatsiyalashga yo‘naltirilgan “Imkoniyatdan salohiyatga” modeli ilmiy jihatdan tavsiflangan. Modelning maqsadli, motivatsion-qadriyatli, mazmuniy, texnologik-faoliyatli, refleksiv-boshqaruv va natijaviy komponentlari, shuningdek, diagnostik-analitik, individuallashtiruvchi-rivojlantiruvchi, kasbiy-faoliyatli hamda refleksiv-natijaviy bosqichlari ochib berilgan. “IMKON+” pedagogik texnologiyasining kasbiy kompetentlikni rivojlantirishdagi imkoniyatlari asoslangan. Tajriba-sinov natijalari asosida taklif etilgan metodikaning tajriba guruhida nazorat guruhiga nisbatan 9 foiz yuqori samaradorlikni ta’minlagani ko‘rsatilgan.
Hali tarjima qilinmagan