Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Masofaviy zondlash va GIS yordamida qayta tiklanadigan energiya resurslarini hududiy baholash: Farg‘ona viloyatida elektr infratuzilmasi integratsiyasi bilan boyitilgan yondashuv

Malikaxon Jalolova Mo‘minjon qiziMirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Farg‘ona viloyatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini hududiy joylashtirish masalasi ko‘pincha tabiiy resurs salohiyatini aniqlash bilan cheklanib, elektr tarmog‘iga ulanish, iste’mol markazlariga yaqinlik va hududiy cheklovlar kabi amaliy omillarni yetarli darajada hisobga olmaydi. Mazkur tadqiqotda masofaviy zondlash ma’lumotlari, geografik axborot tizimlari, ko‘p mezonli qarorlar tahlili hamda analitik ierarxiya jarayoni birlashtirilgan holda Farg‘ona viloyati uchun qayta tiklanuvchi energiya moslik modelining takomillashtirilgan usuli ishlab chiqildi. Landsat 8, Sentinel-2, raqamli balandlik modeli, elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalar ma’lumotlari asosida quyosh radiatsiyasi, shamol rejimi, qiyalik, aspekt, yer qoplami va infratuzilmaga yaqinlik mezonlari hosil qilindi. Mezоnlar standartlashtirilib, AHP asosida vaznlar belgilandi va GIS muhitida vaznli chiziqli kombinatsiya yordamida quyosh hamda shamol energiyasi uchun alohida moslik xaritalari tuzildi. Natijalar quyosh energetikasi uchun Yozyovon, Dang‘ara va Buvayda tumanlari ustuvorligini, shamol energetikasi uchun esa Qo‘qon–Yozyovon yo‘lagi kabi lokal koridorlarning nisbatan istiqbolliligini ko‘rsatadi. Infratuzilmaviy qatlamlarni integratsiya qilish yakuniy joy tanlash aniqligini oshirib, nazariy resurs salohiyati bilan amaliy joriy etish imkoniyati o‘rtasidagi tafovutni kamaytiradi. Taklif etilgan yondashuv rivojlanayotgan mintaqalarda hududiy energetik rejalashtirish, gibrid tizimlarni joylashtirish va investitsion qarorlarni ilmiy asoslash uchun kengaytiriladigan model sifatida xizmat qilishi mumkin.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar