O‘SMIRLIK DAVRIDA IJTIMOIY ADAPTATSIYA JARAYONINING PSIXOLOGIK JIHATLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘smirlik davrida ijtimoiy adaptatsiya jarayonining psixologik jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda o‘smirlarning ijtimoiy moslashuviga ta’sir etuvchi biologik, psixologik va ijtimoiy omillar o‘rganilgan. Shuningdek, identiklikning shakllanishi, emotsional intellekt, kommunikativ kompetentlik, tengdoshlar bilan munosabatlar, oilaviy muhit hamda ta’lim tizimining ijtimoiy adaptatsiyadagi o‘rni yoritilgan. O‘smirlarning ijtimoiy moslashuvi bo‘yicha xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy qarashlari tahlil qilinib, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, rezilentlik va psixologik barqarorlikning adaptatsiya jarayonidagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari o‘smirlik davrida muvaffaqiyatli ijtimoiy adaptatsiya shaxsning ruhiy salomatligi, ijtimoiy faolligi va kelajakdagi rivojlanishi uchun muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
Hali tarjima qilinmagan