TALABALARDA HUQUQIY ONGNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI: NAZARIY-EMPIRIK TAHLIL
Annotatsiya
Maqolada oliy ta'lim muassasasi talabalarida huquqiy ongning shakllanishiga ta'sir etuvchi ijtimoiy-psixologik determinantlar nazariy va empirik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda 220 nafar talaba (120 yigit, 100 qiz) ishtirok etgan bo'lib, ularning huquqiy ongi D.S.Beznosov va A.K.Bordunosning "Huquqiy ong diagnostikasi" hamda L.A.Yasyukovaning "Huquqiy va fuqarolik ongi testi" (TPGS) metodikalari yordamida o'rganilgan. Tavsifiy statistika natijalari talabalar huquqiy ongining olti komponenti (realizm, skeptitsizm, fetishizm, sinizm, idealizm, nigilizm) turlicha darajada ifodalanganligini ko'rsatdi, bunda huquqiy realizm nisbatan yuqori, huquqiy nigilizm esa nisbatan past o'rtacha qiymatlarga ega bo'ldi. Olingan natijalar talabalarda huquqiy ongni maqsadli rivojlantirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Hali tarjima qilinmagan