INNOVATSION TA'LIM MUHITIDA BO'LAJAK INGLIZ TILI O'QITUVCHILARINING PEDAGOGIK LIDERLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING KASBIY-IJTIMOIY ZARURIYATI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada innovatsion ta'lim muhitida bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarida pedagogik liderlik kompetensiyalarini rivojlantirishning kasbiy-ijtimoiy zaruriyati ko'rib chiqiladi. Tadqiqotda ushbu zaruriyatni belgilovchi ijtimoiy, kasbiy, innovatsion va milliy-siyosiy omillar tizimli tahlil qilingan; pedagogik liderlikning zamonaviy ta'rif va tuzilmaviy modeli asoslab berilgan. Maqolada O'zbekiston Respublikasi ta'lim islohotlarining me'yoriy hujjatlari, xalqaro tadqiqotlar (OECD TALIS 2024, WEF 2023) hamda milliy pedagogika fani yutuqlari haqida alohida to'xtalib o'tilgan. Muallif tomonidan pedagogik liderlik zaruriyatining besh o'lchovli tizimli modeli taklif etilgan. Maqola natijalari bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarini tayyorlash dasturlarini takomillashtirish uchun nazariy asos bo'lib xizmat qiladi.
Hali tarjima qilinmagan