ILOVA KONSTRUKSIYA ELEMENTLARINING BADIIY MATNLARDA YOYILISH DARAJASI (INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA)
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy matnlarda ilova konstruksiyalari tarkibidagi elementlarning matn bo‘ylab qo‘llanish xususiyatlari qiyosiy nuqtayi nazardan o‘rganiladi. Tadqiqot doirasida ilovali elementlarning gapdagi sintaktik o‘rni, ularning struktur jihatdan kengayish shakllari, mazmuniy-axborot yuklamasi hamda badiiy matn tarkibida joylashish va tarqalish xususiyatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Shu bilan birga, mazkur birliklarning kommunikativ tuzilmani shakllantirishdagi ishtiroki, axborotning zichligini ta’minlashdagi roli va turli uslubiy vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek badiiy matnlari materiallari asosida olib borilgan tahlil natijalari ilovali elementlarning har ikki tilda ham faol qo‘llanishini ko‘rsatadi. Biroq ularning strukturaviy tashkil topishi va funksional-semantik xususiyatlarida muayyan tafovutlar mavjud. Ingliz tilida bunday elementlardan, asosan, qo‘shimcha axborotni ixcham shaklda ifodalash hamda sintaktik tuzilmaning iqtisodiyligini ta’minlash maqsadida foydalanilsa, o‘zbek tilida ular badiiy tasvirning ekspressivligini oshirish, obrazlilikni kuchaytirish va muallif yoki qahramonning emotsional munosabatini ifodalashda faolroq namoyon bo‘ladi.
Hali tarjima qilinmagan