NIZOLI XIZMAT VAZIYATLARIDA EMOTSIONAL O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH VA XULQ-ATVOR STRATEGIYALARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada ichki ishlar xodimlarida emotsional o‘zini o‘zi boshqarish xususiyatlari hamda nizoli vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan xulq-atvor strategiyalarining o‘zaro bog‘liqligi psixologik nuqtayi nazardan yoritiladi. Kasbiy faoliyat davomida yuzaga keladigan ziddiyatli holatlar, yuqori emotsional zo‘riqish va turli xarakterdagi fuqarolar bilan muloqot qilish zarurati xodimlardan hissiy barqarorlik, vaziyatni xolis baholash va xulq-atvorini ongli ravishda nazorat qilishni talab etadi. Tadqiqot doirasida emotsional o‘zini o‘zi boshqarishning nizolarda murosa qilish, hamkorlikka intilish, raqobatlashish, nizodan qochish va moslashish kabi strategiyalarni tanlash bilan bog‘liq jihatlari nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, xodimlarning individual-psixologik xususiyatlari, emotsional barqarorligi va nizoli vaziyatlarga munosabatining kasbiy muloqot samaradorligiga ta’siri ochib beriladi. Maqola natijalari ichki ishlar xodimlarining nizoli vaziyatlarda konstruktiv xulq-atvor strategiyalarini shakllantirishga qaratilgan psixologik tayyorgarlik va kasbiy rivojlanish dasturlarini takomillashtirish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Hali tarjima qilinmagan