MIGRANT OILALARDA VOYAGA YETAYOTGAN O‘SMIRLARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MOSLASHUVI VA EMOTSIONAL BARQARORLIGI
Annotatsiya
Maqolada mehnat migratsiyasi sharoitida ota-onadan biri yoki har ikkisi uzoq muddatga oiladan tashqarida bo‘lgan o‘smirlarning ijtimoiy-psixologik moslashuvi, emotsional barqarorligi va oilaviy munosabatlar tizimidagi o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Tizimli sharhlar, xalqaro empirik tadqiqotlar hamda O‘zbekistondagi bolalarga migratsiya ta’siri bo‘yicha UNICEF materiallari asosida xavf va himoya omillari umumlashtiriladi. Ota-ona–o‘smir kommunikatsiyasi, vasiy bilan munosabat sifati, maktab iqlimi, tengdoshlar qo‘llovi va psixologik rezilyentlik migratsiya oqibatlarini yumshatuvchi muhim resurslar sifatida ko‘rsatiladi. Maqolada o‘smirlar bilan ishlash uchun maktab–oila–mahalla hamkorligiga asoslangan konseptual tavsiyalar taklif etiladi.
Hali tarjima qilinmagan