WEB TEXNOLOGIYALARNI LOYIHA TEXNOLOGIYALARIGA ASOSLANGAN O‘QITISHNI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada web texnologiyalarni loyiha texnologiyalariga asoslangan o‘qitishni samarali tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida loyiha asosida o‘qitish, kompetensiyaga asoslangan ta’lim hamda zamonaviy raqamli ta’lim muhitlariga oid ilmiy manbalar tizimli tahlil qilindi. Natijada web texnologiyalarni o‘qitishda tashkiliy-pedagogik, didaktik, raqamli va psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni o‘z ichiga olgan pedagogik tizim taklif etildi. Mazkur shart-sharoitlar loyiha faoliyatini samarali tashkil etish, talabalarning web texnologik kompetentligini rivojlantirish, mustaqil ta’lim faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda hamkorlikdagi o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida web texnologiyalarni loyiha texnologiyalariga asoslangan o‘qitish metodikasini takomillashtirish uchun nazariy va metodik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Hali tarjima qilinmagan