Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SPORTCHILARNING QAROR QABUL QILISH STRATEGIYALARI VA ULARN ING SHAXSIY XUSUSIYATLARI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK

Hasan Aminovich SafoyevBuxoro davlat universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada sportchilarning qaror qabul qilish strategiyalari va ularning shaxsiy xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikning psixologik jihatlari yoritilgan. Sport faoliyatida tezkor va maqbul qaror qabul qilishga ta’sir etuvchi individual-psixologik xususiyatlar, jumladan, temperament, xarakter, o‘ziga ishonch, stressga chidamlilik, tavakkalchilikka moyillik, emotsional barqarorlik va o‘zini o‘zi boshqarish kabi omillar tahlil qilingan. Shuningdek, sportchilarning musobaqa jarayonida yuzaga keladigan murakkab va noaniq vaziyatlarda qaror qabul qilish usullari, tezkor fikrlashi hamda mavjud vaziyatni baholash qobiliyatining shaxsiy xususiyatlar bilan aloqadorligi ko‘rib chiqilgan. Maqolada sportchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olish qaror qabul qilish samaradorligini oshirish, musobaqaviy vaziyatlarga moslashish va sport faoliyati natijadorligini takomillashtirishning muhim psixologik sharti sifatida asoslangan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar