YETUKLIK DAVRIDA SHAXS PSIXOLOGIK SALOMATLIGINING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK OMILLAR
Annotatsiya
Mazkur maqolada yetuklik davrida shaxs psixologik salomatligining yoshga bog‘liq xususiyatlari hamda unga ta’sir etuvchi individual-psixologik omillar tahlil qilingan. Tadqiqotda 25–39 va 40–50 yosh guruhlariga mansub jami 440 nafar respondent ishtirok etdi. Shaxs psixologik salomatligining tarkibiy jihatlarini aniqlash maqsadida Ammonning “MEN” strukturaviy uslubi, Lewis Goldbergning “Katta besh omillik” shaxs so‘rovnomasi, Derogatisning psixologik salomatlik omillarini baholash metodikasi, Kellerman–Plutchikning psixologik himoya mexanizmlarini diagnostika qilish metodikasi hamda Ayzenkning “O‘z-o‘zining ruhiy holatlarini baholash” metodikasidan foydalanildi. Natijalar 25–39 yosh guruhida xavotirlik va somatizatsiya ko‘rsatkichlari nisbatan yuqori, 40–50 yosh guruhida esa emotsional barqarorlik, ekstraversiya, kelishuvchanlik va vijdonlilik ko‘rsatkichlari yuqoriroq namoyon bo‘lishini ko‘rsatdi. “MEN” strukturaviy omillari orasida refleksiyaning emotsional barqarorlik, yangi tajribalarga ochiqlik, vijdonlilik va kelishuvchanlik bilan statistik jihatdan ahamiyatli ijobiy bog‘liqligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari yetuklik davrida psixologik salomatlikni integrativ tizim sifatida baholash zarurligini ko‘rsatadi.
Hali tarjima qilinmagan