O‘QITUVCHILAR SHAXSIYATINING EKSTRAVERSIYA-INTROVERSIYA XUSUSIYATLARI VA ULARNING PEDAGOGIK FAOLIYATGA TA’SIRI
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘qituvchilar shaxsiyatining ekstraversiya va introversiya xususiyatlari hamda ularning pedagogik faoliyat samaradorligiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotda shaxsning individual-psixologik xususiyatlari, xususan, muloqotga kirishuvchanlik, ijtimoiy faollik, hissiy barqarorlik, mustaqil fikrlash va refleksiv yondashuv kabi jihatlarning o‘qituvchilik kasbiy faoliyatidagi o‘rni yoritilgan. Ekstravert va introvert tipdagi pedagoglarning ta’lim jarayonini tashkil etish usullari, o‘quvchilar bilan munosabat o‘rnatish imkoniyatlari hamda pedagogik kompetensiyalarni namoyon etish xususiyatlari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, pedagogik faoliyat samaradorligi faqat shaxs tipiga emas, balki o‘qituvchining o‘z individual xususiyatlarini anglash, boshqarish va kasbiy vazifalarga moslashtira olish qobiliyatiga ham bog‘liqdir. Maqolada o‘qituvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga olish asosida kasbiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Hali tarjima qilinmagan