Namangan viloyati logistika tizimlarini raqamlashtirish va rivojlantirish istiqbollari
Annotatsiya
Mazkur maqolada Namangan viloyati logistika tizimining raqamlashtirilish holati tahlil qilinib, uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlangan. Tadqiqot davomida viloyat transport-logistika tizimining mavjud holati, logistika xizmatlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi hamda logistika infratuzilmasining rivojlanish xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqotda statistik tahlil, SWOT tahlili, taqqoslash va ekspert baholash usullaridan foydalanildi. Natijalar logistika tizimida GPS monitoring tizimlari qisman joriy etilganligini, biroq RFID, WMS, TMS, IoT va aqlli transport tizimlaridan foydalanish darajasi yetarli emasligini ko‘rsatdi. Tadqiqot yakunida Namangan viloyati uchun raqamli logistika modeli taklif etildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, taklif etilgan texnologiyalarni joriy etish logistika xarajatlarini 10–15 foizga kamaytirish, yetkazib berish muddatlarini 20–25 foizga qisqartirish va xizmatlar sifatini oshirish imkonini beradi.
Hali tarjima qilinmagan