Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ELEKTRON TA’LIM PLATFORMALARIDA SUN’IY INTELLEKTNI INTEGRATSIYALASH USULLARI

Rustamov Akobir Anvar o'g'liBuxoro Xalqaro Universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada elektron ta’lim platformalariga sun’iy intellekt texnologiyalarini integratsiyalashning nazariy asoslari, zamonaviy usullari va amaliy imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda o‘quv jarayonini boshqarish tizimlari (LMS) arxitekturasiga sun’iy intellekt modullarini joriy etishning asosiy yondashuvlari – o‘rnatilgan plaginlar, LTI standarti orqali tashqi xizmatlarni ulash, API va mikroservis arxitekturasi, xAPI asosidagi ta’lim analitikasi hamda katta til modellariga asoslangan virtual assistentlar tasniflangan va qiyosiy baholangan. Har bir usulning texnik talablari, pedagogik imkoniyatlari, afzalliklari va cheklovlari yoritilgan. Shuningdek, elektron ta’lim platformasiga sun’iy intellektni bosqichma-bosqich integratsiyalashning ko‘p qatlamli konseptual modeli taklif etilgan. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt modullari bilan boyitilgan elektron ta’lim platformalari talabalarning o‘quv faolligi, bilimlarni o‘zlashtirish darajasi, teskari aloqa sifati va platformadan foydalanishdan qoniqish darajasini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar