AJDODLAR SIYMOSINI IFODALASHDA AMALIY-IJODIY LOYIHA PORTFOLIOSINING TAHLILI
Annotatsiya
Mazkur maqolada ajdodlar siymosini tasviriy san’at vositalari orqali ifodalashda amaliy-ijodiy loyiha portfoliosining mazmuni, tarkibiy tuzilishi va pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Talabalarni milliy iftixor ruhida tarbiyalashda portret, miniatyura, tarixiy obraz, komponovka, tuslash, rang-tus munosabatlari va yaxlit idrok kabi tasviriy-ifodaviy vositalardan foydalanishning metodik imkoniyatlari yoritiladi. Ajdodlar siymosini badiiy talqin etish jarayoni talabalarning nafaqat ijodiy ko‘nikmalarini, balki tarixiy xotira, milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, estetik tafakkur va ma’naviy qadriyatlarga munosabatini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi.
Hali tarjima qilinmagan