Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

QURILISH SOHASIDA BIM (BUILDING INFORMATION MODELING) ASOSIDA LOYIHA BOSHQARUV

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada Building Information Modeling (BIM) asosida loyiha boshqaruvi qurilish sohasida joriy etilishi, uning samaradorlikka ta’siri, texnik-tashkiliy afzalliklari hamda strategik rolini o‘rganish maqsadida tadqiq etildi. Tadqiqotda BIM texnologiyasi qurilish loyihalarini rejalashtirish, xarajat va vaqtni boshqarish, risklarni kamaytirish va manfaatdor tomonlar o‘rtasida hamkorlikni yaxshilash borasida yaratgan imkoniyatlari tahlil qilindi. Shuningdek, rivojlangan davlatlar va O‘zbekiston sharoitida BIMni loyiha boshqaruviga integratsiya qilish borasida empirik va nazariy yondashuvlar taqqoslandi. Tadqiqot natijalari BIM asosidagi boshqaruv konsepsiyasining samaradorligini isbotlab, BIMni joriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. BIM - qurilish loyihalarini boshqarishning zamonaviy, raqamli va integratsiyalashgan modeli bo‘lib, loyiha hayotiy siklining barcha bosqichlarida qaror qabul qilishni yaxshilaydi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba