AGROTADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA RAQOBATBARDOSHLIK VA EKSPORT SALOHIYATI O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK
Annotatsiya
Annotatsiya: Mazkur maqolada agrotadbirkorlik subyektlarida raqobatbardoshlik va eksport salohiyati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida raqobatbardoshlik tushunchasining agrar sohadagi mazmuni aniqlanib, uning eksport salohiyatini shakllantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Raqobatbardoshlik ishlab chiqarish samaradorligi, mahsulot sifati, xarajatlar darajasi, innovatsion faoliyat, logistika imkoniyatlari hamda institutsional muhit bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, agrotadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyati ularning ichki va tashqi bozorlarda barqaror raqobat ustunliklarini shakllantirish darajasi bilan bevosita bog‘liqdir. Tadqiqot natijasida raqobatbardoshlikni oshirish orqali eksport salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan konseptual yondashuv taklif etilib, u qiymat zanjiri va tizimli yondashuvlar asosida asoslab beriladi.