Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BOSHLANG‘ICH TA’LIM JARAYONIDA TARBIYASI QIYIN VA BO‘SH O‘ZLASHTIRUVCHI O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK USULLARI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida tarbiyasi qiyin va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlashning pedagogik-psixologik usullari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida tarbiyasi qiyin va past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning psixologik-pedagogik xususiyatlari aniqlanib, ularga individual yondashuvning ahamiyati asoslab berildi. Ilmiy adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatuv, psixologik diagnostika va tajriba-sinov ishlari asosida differensial ta’lim, interfaol metodlar, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish hamda ota-ona bilan hamkorlikning samaradorligi ko‘rsatib berildi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatida tarbiyasi qiyin va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi hamda ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar