Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KORXONALAR IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA DIVERGENT TEXNOLOGIYALARNI DAVLAT TOMONIDAN RAG'BATLANTIRISH MEXANIZMLARI

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada korxonalar iqtisodiy samaradorligini oshirishda divergent texnologiyalarni davlat tomonidan rag‘batlantirish mexanizmlarining ilmiy-nazariy asoslari va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, big data, avtomatlashtirish va innovatsion boshqaruv tizimlarining ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri ochib berilib, ularni joriy etishda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning muhim mexanizmlari – soliq imtiyozlari, subsidiyalar, grantlar, imtiyozli kreditlash va davlat-xususiy sheriklik vositalarining o‘rni yoritiladi. Shuningdek, maqolada korxonalarda divergent texnologiyalarni joriy etish orqali mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va raqobatbardoshlikni kuchaytirish imkoniyatlari ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda korxonalar iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan strategik qarorlarni ishlab chiqishda metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba