USLUB IFODASIDA BADIIY TASVIR VOSITALARINING ESTETIK VAZIFASI
2026uz
ABI
Annotatsiya
Mazkur maqolada badiiy tasvir vositalarining asar badiiyligini ta’minlashdagi o‘rni hamda ijodkor individual uslubini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida Luqmon Bo‘rixonning Jaziramadagi odamlar romani tanlanib, undagi kinoya, piching, yumor, ramziylik va tasviriy ifoda vositalarining badiiy-estetik funksiyasi yoritiladi. Asarda to‘y sahnalari misolida jamiyatdagi ma’naviy muammolar, soxta madaniyat va diniy qarashlardagi ziddiyatlar ochib berilgani ko‘rsatiladi. Muallifning hayotiy tajribasi, dunyoqarashi va estetik didi tasvir vositalari orqali individual uslub sifatida namoyon bo‘lishi ilmiy asosda izohlanadi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba