STATIK ANIQ KO'P ORALIQLI BALKANI QO'ZG'ALMAS YUKLAR TA'SIRIDA HISOBLASHNI ANALITIK VA LIRA DASTURI YORDAMIDAGI TAHLILI
Annotatsiya
Ushbu maqolada statik aniq ko‘p oraliqli balkalani qo‘zg‘almas yuklar ta’siridaga hisoblashda nazariy usullar yordamida tahlil qilinadi. Balkalarda hosil bo‘ladigan tayanch reaksiyalari, egilish momentlari va kesuvchi kuchlar analitik hisoblash usullari orqali aniqlanadi. Olingan nazariy natijalar kompyuter grafikasi asosida ishlovchi LIRA dasturida tuzilgan model natijalari bilan taqqoslanadi. Tadqiqot jarayonida ko‘p oraliqli balkalarning yuklanish holati modellashtirilib, hisob natijalarining o‘zaro mosligi va farqlari tahlil qilinadi. Natijalar nazariy hisoblash usullari va kompyuter modellashtirish usullarining aniqlik darajasini baholash hamda muhandislik hisoblarida zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish samaradorligini ko‘rsatadi.