O'SIMLIKDAN OLINGAN PEKTIN ASOSIDAGI BIOAKTIV PLYONKALARNING YARATISH TEXNOLOGIYASI
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda o‘simlik kelib chiqishli pektin asosida olinadigan bioaktiv plyonkalarning ilmiy-nazariy asoslari, ularning kimyoviy tuzilishi, fizik-mexanik xususiyatlari hamda biotibbiyot va biotexnologiya sohalarida qo‘llanish imkoniyatlari o‘rganiladi. Pektin o‘simlik hujayra devorining muhim polisaxarid komponenti bo‘lib, yuqori darajada bioparchalanuvchanlik, biokompatibillik va toksik bo‘lmagan xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tadqiqotda o‘simlik xomashyolaridan ajratib olingan pektin asosida bioaktiv plyonkalar hosil bo‘lishining molekulyar mexanizmlari, ularning struktura-funksional xususiyatlari hamda biologik faol komponentlar bilan modifikatsiya qilish imkoniyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.