Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

YANGI DARG‘OM KANALI TEXNIK HOLATINING KANAL 1 SAMARADORLIGIGA TA’SIRI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Respublikadagi suv iste’molchilarining suvga boʻlgan talabini qondirish maqsadida irrigatsiya tarmoqlari qurish va modernizatsiya qilishga katta e’tibor qaratilib, mavjud suv resurslaridan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillarni oʻrganish ustida tadqiqot lar olib borilmoqda. Kanallar oʻzanida sodir boʻlayotgan kuch li deformatsiya jarayonlari natijasida kanal qirgʻoqlari eroziyasi , oʻzanni loyqa bosishi va suv oʻtkaz ish qobiliyatining pasayishi holatlari yuz bermoqda, oqibatda foydali ish koeffitsiyenti, ya’ni kanallar samaradorligi pasayib bormoqda. Ushbu maqolada Yangi Dargʻom kanali beton qoplamasi holatini baholash va mustahkamligini aniqlash tadqiqotlari, koʻp yillik ekspluatatsiyadan soʻng texnik holatining oʻzgari shi hamda hozirda kanal samaradorligini oʻrganish natijalari bayon etilgan. Kanalda natura oʻlchovlari olib borilib, kanal suv oʻtkazish qobiliyatiga aniqlik kiritilgan. Kanal oʻzani va yon qiyaliklarining beton qoplamasi holati ultratovushli defektoskop bilan aniqlanib, uchastkalar boʻylab baholangan. Natijada joriy yoki kapital ta’mir talab etiladigan hamda avariya yuz berish ehtimoli mavjud boʻlgan uchastkalar aniqlangan. Tadqiqot ma’lumotlari asosida kanalning texnik holati uning samaradorligiga qay darajada ta’sir etishi o‘rganilgan. Olingan natijalar suv xoʻjaligi tasarrufidagi irrigatsiya tizimlarida qoʻllanadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar