Cerebral falajli bolalarda sensor, diqqat va motor funksiyalar integratsiyasining faktorli tahlili
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Seribral falajli 5–7-yoshdagi bolalarda sensor integratsiya jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari empirik tadqiqot asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda sensor, diqqat va motor funksiyalar ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq- likni aniqlash maqsadida faktorli tahlil usulidan foydalanildi. Natijada sensor integratsiya tizimining to‘rtta asosiy faktori aniqlandi: sensor-diqqat nomutanosibligi va motor-idrokiy disintegratsiya; sensor himoyalanish va psixomotor passivlik; orofasial sezuvchanlik va psixomotor tonus disbalansi; hamda sensor-emotsional giperreaktivlik. Har bir faktorning tarkibiy komponentlari va ularning yuklamalari asosida bolalardagi sensor modulyatsiya, diqqat barqarorligi, motor koordinatsiya va emotsional reaktivlik o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqliklar tahlil qilindi. Olingan natijalar seribral falajli bolalarda sensor integratsiya jarayonining tizimli buzilganligini ko‘rsatadi hamda korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni kompleks yon- dashuv asosida tashkil etish zarurligini asoslaydi