TRANSPORT LOGISTIKASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA AXBOROT TIZIMLARI INTEGRATSIYASI
Annotatsiya
Maqola transport logistikasi va ta’minot zanjirlarini raqamli texnologiyalar va axborot tizimlari orqali integratsiyalash masalalarini tahlil qiladi. IoT sensorlari, GPS-navigatsiya, blokcheyn, intellektual transport tizimlari va Big Data platformalari kabi yechimlar logistika operatsiyalarining samaradorligini, shaffofligini va barqarorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Raqamli integratsiya yuk oqimlarini real vaqtda monitoring qilish, resurslardan optimal foydalanish va qaror qabul qilish jarayonlarini yaxshilash imkonini beradi. Biroq, shu bilan birga, kiberxavf, ma’lumot yo‘qolishi va tizim ishonchliligi bilan bog‘liq muammolar ham paydo bo‘ladi. Maqolada raqamli texnologiyalarni joriy etishning strategik ahamiyati, xarajatlarni qisqartirish, xizmat sifati va logistika zanjirining raqobatbardoshligini oshirishdagi roli va tavsiyalar bayon qilingan