Yangi Oʻzbekistonning mintaqaviy va global geosiyosiy pozitsiyasi: milliy oʻzlik va media reprezentatsiya tahlili
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada Yangi Oʻzbekistonning 2016-2025-yillarda global va mintaqaviy geosiyosiy identifikatsiyasi milliyoʻzlik bilan qiyosiy yondashuv asosida, milliy matbuot materiallari negizida tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida mamlakatningtashqi siyosiy imiji, Markaziy Osiyodagi oʻrni, milliy manfaatlari, davlat brendi hamda milliy oʻzlikning mediadiskursdagiifodalanish shakllari oʻrganilgan. Shuningdek, milliy matbuotda “Yangi Oʻzbekiston” konseptining ochiqlik, pragmatizm,koʻp vektorli tashqi siyosat va mintaqaviy hamkorlik tamoyillari bilan uzviy bogʻliq holda shakllanish xususiyatlariyoritilgan. Tahlil natijalari milliy matbuotda geosiyosiy identifikatsiya milliy qadriyatlar, suverenitet, mintaqaviy yaqinlashuvva xalqaro nufuz omillari bilan uygʻun tarzda aks etganini koʻrsatadi.