Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Ikkilamchi polietilentereftalat asosida olingan p-fenilendiamin, formalin va tiomochevinadan ppd-f-tm korroziya ingibitorini sintez qilish va uning fizik-kimyoviy hamda antikorrozion xossalarini tadqiq etish

Normurotov J.BAxmedov O‘ ChTermiz davlat universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur ish ikkilamchi polietilentereftalatni kimyoviy qayta ishlash yo‘li bilan olingan p-fenilendiamin asosida p-fenilendiamin-formalin-tiomochevina (PPD-F-TM) turidagi geteroatomli oligomer korroziya ingibitorini sintez qilish va uning tuzilish-funksional xossalarini baholashga bag‘ishlangan. Sintez spirtli muhitda p-fenilendiamin, formaldegid va tiomochevinaning 1:2:1 mol nisbatida, 80 °C da 2 soat davomida olib borildi. Mahsulot IQ-spektroskopiya, TGA/DTA va skanerlovchi elektron mikroskopiya usullari bilan tavsiflandi, St20 po‘lat uchun 1 M HCl hamda graderniy aylanma suvida elektrokimyoviy himoyalash samaradorligi baholandi. IQ spektrida 3323 cm⁻¹ da keng N–H yutilish sohasi, 1645 cm⁻¹ da tiomid-I tabiatli tebranishlar hamda 1317 va 1253 cm⁻¹ da tiomochevina fragmentlariga xos polosalar kuzatildi. TGA bo‘yicha 29.81–448.70 °C oralig‘ida 36.737%, 454.06–763.58 °C oralig‘ida 10.519% massa yo‘qotilishi qayd etildi. PPD-F-TM konsentratsiyasi 400 mg/L ga yetkazilganda 1 M HCl muhitida himoyalash samaradorligi 91.97%, graderniy aylanma suvida esa 91.66% ni tashkil etdi. SEM kuzatuvlari ingibitor ishtirokida metall sirtida adsorbsion-himoya qatlamining shakllanishiga mos morfologik belgilarni ko‘rsatdi. Olingan natijalar PPD-F-TM ni ikkilamchi PET asosidagi azot va oltingugurt tutuvchi samarali korroziya ingibitori sifatida qo‘llash istiqbolini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar