Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O'ZBEKISTONNING ZAMONAVIY KO'P TILLI MUHITIDA TRANSLINGVAL DISKURS

Dildora XakimovaFilologiya fanlari falsafa doktori,(PhD), dotsent, "Alfraganus" universiteti,
2026
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Annotatsiya Ushbu maqolada O‘zbekistonning zamonaviy ko‘p tilli muhitida shakllanayotgan translingval diskurs fenomenining nazariy asoslari, lingvistik tabiati va kommunikativ xususiyatlari tahlil qilinadi. Translingvizm tushunchasining zamonaviy lingvistika doirasidagi talqinlari ko‘rib chiqilib, uning translanguaging, kod-almashinuvi, bilingvizm va til kontaktiga yaqin hamda farqli jihatlari aniqlanadi. Tadqiqotda O‘zbekistonning ko‘p tilli til vaziyati, xususan, o‘zbek, rus va ingliz tillarining o‘zaro ta’siri hamda ushbu tillar resurslarining raqamli kommunikatsiyada integratsiyalashuvi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Ijtimoiy tarmoqlar va boshqa raqamli platformalarda yoshlar tomonidan qo‘llanilayotgan translingval birliklar, gibrid leksik shakllar, kodlarning aralashuvi va vizual-grafik vositalarning kommunikativ funksiyalari tahlil qilinadi. Shuningdek, translingval diskursning sotsiolingvistik, lingvokulturologik va pragmatik xususiyatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning zamonaviy til vaziyatida translingval diskursni ko‘p tillilik, globallashuv va raqamli kommunikatsiya jarayonlari bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganish zarurligini asoslaydi. Kalit so‘zlar: translingvizm, translingval diskurs, translanguaging, kod-almashinuvi, til kontakti, raqamli diskurs, yoshlar nutqi, tarjima. Translingual Discourse in Uzbekistan’s Modern Multilingual Environment Abstract The article examines the theoretical foundations, linguistic nature, and communicative characteristics of translingual discourse emerging within Uzbekistan’s contemporary multilingual environment. The study considers current interpretations of translingualism in modern linguistics and identifies its similarities with and distinctions from translanguaging, code-switching, bilingualism, and language contact. Particular attention is paid to Uzbekistan’s multilingual language situation, especially the interaction of Uzbek, Russian, and English and the integration of linguistic resources from these languages in digital communication. The study also analyzes translingual units used by young people on social media and other digital platforms, including hybrid lexical formations, language mixing, and visual-graphic resources, with a focus on their communicative and pragmatic functions. Furthermore, the sociolinguistic, linguocultural, and pragmatic dimensions of translingual discourse are explored. The findings demonstrate the need to investigate translingual discourse in Uzbekistan as a complex linguistic phenomenon closely associated with multilingualism, globalization, language contact, and the transformation of contemporary digital communication. Keywords: translingualism, translingual discourse, translanguaging, code-switching, language contact, digital discourse, youth speech, translation.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba