Abu Ali ibn Sinoning yosh avlod ma'naviy-axloqiy tarbiyasiga oid qarashlari
Ilhomidin Abduqodirovich RustamovFarg'ona davlat texnika universiteti
2026uz
ABI
Annotatsiya
Mazkur maqolada jahon tan olgan buyuk qomusiy mutafakkir, mohir tabib va faylasuf Abu Ali ibn Sinoning yoshlarni ma'naviy va axloqiy jihatdan barkamol etib voyaga yetkazish borasidagi g'oyalari tadqiq etiladi. Olimning komil insonni shakllantirish, ilm-ma'rifat egallash, chin insoniy fazilatlar, mehnatga munosabat, shuningdek, oila muhiti hamda ustozlarning ta'limiy mas'uliyatiga doir qarashlarining tub mohiyati ochib berilgan. Bundan tashqari, mutafakkirning boy pedagogik merosidan bugungi kun yoshlari ongiga umuminsoniy va milliy qadriyatlarni singdirishda foydalanishning ilmiy-amaliy ahamiyati asoslab beriladi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba