Islom dinida Alloh sifatlari konsepsiyasining semantik maydoni
Muxtorjon BaxtiyarovO'zbekiston davlat jahon tillari universiteti o'qituvchisi
2026uz
ABI
Annotatsiya
Mazkur maqolada islom tafakkurida Allohning 99 ismi konsepsiyasi, uning Qur'on va Hadis manbalaridagi o'rni hamda ilmiy-falsafiy ahamiyati tahlil qilinadi. Ilohiy ismlar musulmon olimlari tomonidan zotiy va sifatiy guruhlarga ajratilgan bo'lib, sifatiy ismlar rahm-shafqat va qahr-buyuklik sifatlariga bo'linadi. Qur'on oyatlarida Allohning ismlari semantik jihatdan asosiy mazmunni mustahkamlash vazifasini bajaradi. Maqolada ilohiy ismlarning tasnifi, ularning tilshunoslik, falsafa va sotsiologiya nuqtayi nazaridan ahamiyati ko'rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari Allohning 99 ismi konsepsiyasining diniy va ilmiy tafakkurdagi markaziy o'rnini tasdiqlaydi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba