BUXGALTERIYA VA EKOLOGIK HISOBOT (ESG HISOBOTLARI).
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va ekologik hisobotlar (ESG –Environmental, Social, Governance) tizimining joriy holati, rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari o‘rganiladi. Tadqiqotdaxalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) hamda Global Reporting Initiative (GRI) asosida milliy amaliyot tahlil qilinadi.2021–2025-yillar davridagi davlat kompaniyalari va xususiy sektor faoliyatiga oid statistik ma’lumotlar asosida ESGhisobdorligining shakllanish jarayoni baholanadi. Maqolada ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillariningbuxgalteriya hisobiga integratsiyalashuvi, normativ-huquqiy bazaning takomillashuvi hamda biznes muhitidagi o‘zgarishlartahlil qilingan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda ESG hisobotlarining muhimahamiyatini ko‘rsatadi