AGROKLASTERLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING EKONOMETRIK MODELLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada agroklasterlar samaradorligini oshirishga qaratilgan ekonometrik modellar tizimli ravishdatahlil qilindi. Tadqiqotda ishlab chiqarish funksiyasi, stoxastik chegaraviy tahlil hamda ma’lumotlarni qamrab olishusullari o‘zaro bog‘liq holda qo‘llanildi. O‘zbekiston agroklasterlari misolida resurslardan foydalanish samaradorligi, texniksamaradorlik darajasi hamda qiymat zanjiri bo‘g‘inlari o‘rtasidagi aloqalar baholandi. Empirik natijalar asosida klasteryadrosining ishlab chiqarish, innovatsion va logistik komponentlari samaradorlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Tadqiqotnatijalari agroklasterlarni rivojlantirish va boshqarishda ilmiy asoslangan yondashuvlarni takomillashtirishga xizmatqiladi.