QIMMATLI QOGʻOZLAR PORTFELIDAN KUTILAYOTGAN DAROMADGA TA'SIR QILUVCHI OMILLARNI EKONOMETRIK MODEL ORQALI BAHOLASH
Annotatsiya
Maqolada qimmatli qogʻozlar portfelidan kutilayotgan daromadga ta'sir etuvchi fundamental va multiplikatoromillari panel ekonometrik tahlil asosida baholangan. Tadqiqot “Toshkent” Respublika fond birjasida faoliyat yuritayotgan14 ta aksiyadorlik jamiyatining 2019–2024-yillardagi 84 ta kuzatuvdan iborat panel ma'lumotlariga asoslangan. ModeldaROE, ROA, sof foyda marjasi, EPS, D/E, P/E, P/S va P/B koʻrsatkichlari mustaqil oʻzgaruvchilar sifatida tanlangan.Ma'lumotlarga logarifmik transformatsiya va z-skoring usullari qoʻllanilib, OLS, Fixed Effects va Random Effects modellaritaqqoslangan. Hausman testi hamda Breusch–Pagan LM testi natijalariga koʻra, Random Effects modeli maqbul debtopilgan. Model natijalariga koʻra, R2 = 0,634 va F-test p < 0,001 boʻlib, P/E (β = 0,6046; p < 0,001), ROE (β = 0,5839;p = 0,032), EPS (β = 0,2239; p = 0,048) hamda P/B (β = 0,1189; p = 0,039) kutilayotgan daromadga statistik ahamiyatliijobiy ta'sir koʻrsatgan. D/E nisbati esa statistik ahamiyatga ega emasligi aniqlangan (p = 0,504). Olingan natijalar asosida2025–2028-yillar uchun portfel daromadliligi prognozi ishlab chiqilgan.