KIBERJINOYATCHILIK: AXBOROT TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA SODIR ETILGAN FIRIBGARLIKLARNI MALAKALASHDAGI MUAMMOLAR.
Annotatsiya
Ushbu maqolada axborot texnologiyalari rivojlanishi sharoitida kiberfiribgarlik jinoyatlarini malakalashning nazariy va amaliy muammolari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kiberfiribgarlikning an’anaviy firibgarlikdan farqli jihatlari, xususan, "aldash" usulining transformatsiyasi va jinoyat obyektining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasini qo‘llashda yuzaga kelayotgan kolliziyalar, plastik kartalardagi mablag‘larni talon-toroj qilishni o‘g‘rilik yoki firibgarlik sifatida farqlash mezonlari sud amaliyoti misolida ko‘rib chiqiladi. Yakunda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida jinoiy-huquqiy normalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.