Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Kognitiv yondashuv asosida metaforalar: nazariya va amaliy tahlil

Gulnorakhon NiyazovaDotsent (PhD), Renessans ta’lim universiteti, Toshkent, O‘zbekistonMunavvara MaxamatovaRenessans Ta’lim Universiteti magistranti
2026en
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada kognitiv tilshunoslik doirasida metaforalarning talqini va ularning nazariy asoslari yoritiladi. Metafora — bu bir obyekt, hodisa yoki voqelikni boshqa tushunchalar orqali ifodalashga xizmat qiluvchi til vositasi bo‘lib, uning ildizlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Metaforalar dastlab insonning tabiiy jarayonlarni anglash va tasvirlash ehtiyoji asosida shakllangan bo‘lib, keyinchalik tarixiy, ijtimoiy, ekologik hamda siyosiy omillar ta’sirida rivojlanib va o‘zgarib borgan. Uzoq vaqt davomida metaforalarga nisbatan qiziqish nisbatan sust bo‘lgan, chunki ular ko‘proq badiiy ifoda vositasi sifatida, ya’ni voqelikni boshqa nom bilan tasvirlash shakli sifatida talqin etilgan. Biroq XX asrga kelib, tilshunoslikda antropotsentrik yondashuvning shakllanishi natijasida metaforalarga yangicha — pragmatik, lingvokulturologik va kognitiv nuqtai nazardan qarash zarurati yuzaga keldi. Maqolada turli davrlarda faoliyat yuritgan olim va tadqiqotchilarning metafora haqidagi qarashlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ayrim metaforalar kognitiv jihatdan tahlil qilinib, ularni tarjima jarayonida mos ekvivalentlar orqali ifodalash masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar