Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O‘ZBEK VA INGLIZ HUQUQIY TERMINLARINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi huquqiy terminlarning lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy aspektda tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida huquqiy terminlarning semantik, pragmatik hamda madaniy jihatlari tahlil qilinib, ularning milliy huquq tizimi bilan uzviy bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, ingliz va o‘zbek huquqiy terminologiyasining shakllanish omillari, tarixiy manbalari hamda tarjima jarayonidagi lingvistik muammolar o‘rganilgan. Maqolada huquqiy terminlarning lingvomadaniy tabiati xalqning huquqiy tafakkuri va madaniy qadriyatlarini aks ettiruvchi muhim vosita ekanligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari yuridik tarjima, terminologiya va lingvomadaniyat yo‘nalishlarida ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba