BALIQCHILIK SOHASIDA TADBIRKORLIK MAJMUALARINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING ROSSIYA TAJRIBASI VA UNI O'ZBEKISTONDA QO'LLASH IMKONIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada baliqchilik sohasida tadbirkorlik majmualarini davlat tomonidan tartibga solishning RossiyaFederatsiyasida shakllangan institutsional, tashkiliy-iqtisodiy hamda normativ-huquqiy mexanizmlari chuqur tahlil qilinib,ularni O‘zbekiston Respublikasi sharoitida qo‘llashning ustuvor yo‘nalishlari va amaliy imkoniyatlari ilmiy asosda yoritilgan.Tadqiqot davomida baliqchilik va akvakultura tarmog‘ini rivojlantirishda davlat boshqaruvi, subsidiya mexanizmlari,investitsion qo‘llab-quvvatlash, klasterlash hamda bozor infratuzilmasini takomillashtirishning ahamiyati ochib berilgan.Shuningdek, Rossiya tajribasi asosida O‘zbekistonda baliqchilik sohasini modernizatsiya qilish va tadbirkorlik faoliyatinisamarali tashkil etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.