Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta'minlashda "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlari: amaliyot tahlili
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagog kadrlarning uzluksizkasbiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida joriy etilgan “Kasbiy rivojlanish kuni” (KRK) va “Kasbiy rivojlanish soati” (KRS)tadbirlarining tashkiliy-pedagogik mexanizmlari, bosqichma-bosqich joriy etilishi hamda 2024–2025 va 2025–2026-o‘quvyillaridagi amaliyot natijalari empirik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda hujjat tahlili, statistik tahlil va qiyosiytahlil usullaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ikki o‘quv yili davomida tizimga 1 550 ta tayanch maktab, 292nafar master-trener, 3 901 nafar mentor-o‘qituvchi hamda 443 743 nafardan ortiq fan o‘qituvchisi jalb etilgan. Shuningdek,krk.avloniy.uz raqamli platformasi orqali yetakchi o‘qituvchilarning 98,13 foizi tizimga kiritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra,kaskadli o‘qitish modeli (master-trener → mentor-o‘qituvchi → yetakchi o‘qituvchi → fan o‘qituvchisi) hamda xalqaro hamkorlik(British Council, NILE, MCE, Gyote instituti va boshqalar) malaka oshirish jarayonining qamrovi va sifatini sezilarlidarajada oshirgan.