Maktabgacha ta'limda rivojlantiruvchi markazlarni tashkil etish va loyihalashtirish
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tizimida rivojlantiruvchi markazlarni tashkil etish va loyihalashtirishningnazariy hamda amaliy asoslari yoritilgan. Rivojlantiruvchi markazlar bolalarning intellektual, ijtimoiy, jismoniy va ijodiyrivojlanishini ta’minlashda muhim pedagogik muhit hisoblanadi. Tadqiqot davomida rivojlantiruvchi markazlarni samaralitashkil etishning metodik jihatlari, ularni loyihalashtirish prinsiplari hamda ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilindi.Shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimida rivojlantiruvchi markazlarni joriy etish bo‘yicha xorijiy tajribalar ham o‘rganildi.Tadqiqot natijalariga ko‘ra, rivojlantiruvchi markazlar bolalarda mustaqil fikrlash, ijodkorlik va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishgaxizmat qiladi.