Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MARKAZIY OSIYODA MINTAQAVIY INTEGRATSIYA JARAYONLARINING GEOSIYOSIY MUVOZANATGA TA'SIRI VA TASHQI KUCHLAR ROLINI TRANSFORMATSIYA QILISHDAGI FUNKSIYASI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiya jarayonlarining mintaqa geosiyosiy muvozanatiga ta’siri hamda tashqi kuchlar rolini transformatsiya qilishdagi funksiyasi ko'p qatlamli nazariy va empirik tahlil doirasida o‘rganiladi. Tadqiqot Makkinder “Heartland” nazariyasi va Brzezinski buyuk shaxmat taxtasi yondashuvi, neo-regionalizm, kompleks regionalizm va strategik avtonomiya konsepsiyalari hamda mintaqashunoslik sohasidagi Dadabaev, Kassenova, Rakhimov, Mukhamediya, Sharshenova va Knyazev kabi mintaqa olimlarining nazariy qarashlariga tayanadi. Maqolada isbotlanishicha, 2016 yildan boshlanib jadallashgan integratsiya bosqichi Markaziy Osiyoni geosiyosiy obyekt holatidan kollektiv strategik subyekt darajasiga ko'tarmoqda. Shu jarayonda geosiyosiy muvozanatga ta'sir qiluvchi oltita mexanizm — kollektiv subyektlilikning shakllanishi, strategik avtonomiyaning kengayishi, tashqi aktorlar o'rtasidagi balanslash, ichki koordinatsiya orqali tashqi manipulyatsiya imkoniyatining qisqarishi, geoiqtisodiy integratsiyaning xavfsizlik arxitekturasiga ta’siri va transport koridorlarining geosiyosiy funksiyasi — nazariy va empirik jihatdan ochib beriladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba