IQTISODIYOTGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHDA INVESTITSION JOZIBADORLIKNI OSHIRISHNING XORIJ TAJRIBALARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda investitsion jozibadorlikni oshirishning xorij tajribalari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida AQSh, Singapur, Xitoy va Qozog‘iston davlatlarining investitsion siyosati, investitsiyalarni rag‘batlantirish mexanizmlari hamda investorlar uchun yaratilgan iqtisodiy-huquqiy shart-sharoitlari o‘rganilgan. Shuningdek, investitsion jozibadorlikni oshirishda erkin iqtisodiy zonalar, raqamli xizmatlar, innovatsion iqtisodiyot, logistika infratuzilmasi va hududiy investitsion siyosatning ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida xorijiy tajribalarni O‘zbekiston iqtisodiyotiga moslashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan