Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TUG‘MA YURAK NUQSONLARI FONIDA KECHUVCHI POLORGAN YETISHMOVCHILIGIDA PSOFA SHKALASINING KLINIK AHAMIYATI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotning maqsadi tug‘ma yurak nuqsonlari (TYuN) bilan og‘rigan 12–36 oylik bolalarda pSOFA shkalasining klinik ahamiyati va prognostik imkoniyatlarini baholashdan iborat. Retrospektiv kogort tahlili asosida intensiv terapiya bo‘limiga shok holatida yotqizilgan 50 nafar bemor (30 nafari vafot etgan, 20 nafari sog‘aygan) qamrab olindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, pSOFA shkalasining umumiy bali 6 dan oshishi yuqori o‘lim xavfidan (40,5%), 9 dan oshishi esa kritik holatdan (63,2%) darak beradi. Ayniqsa, nafas va buyrak tizimlarining bir vaqtda disfunksiyasi (>2 ball) vafot etgan bolalarning 94 foizida kuzatilib, qaytmas jarayonlarning erta belgisi sifatida aniqlandi. Xulosa qilib aytganda, pSOFA shkalasi kichik yoshdagi bolalarda a’zolar yetishmovchiligini baholash va davolash taktikasini erta bosqichda to‘g‘ri belgilash uchun yuqori aniqlikka ega obyektiv vosita hisoblanadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba