Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BOYSUN VOHASIDAGI QORONG‘UDARA TOPILMAJOYI TOSH INDUSTRIYASINING TEXNIK-TIPOLOGIK TASNIFI

2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by-nc-nd

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqola Janubiy O‘zbekistondagi Boysuntog‘ mintaqasida yangi topilgan Qorong‘udara g‘orini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ushbu g‘ordan topilgan tosh buyumlarni o‘rganish va ilmiy muomalaga kiritish Janubiy O‘zbekistonning ibtidoiy tarixini boyitmoqda. Qorong‘udaradan topilgan tosh industriyasining xarakterli xususiyati, ularning nafaqat ikkita: o‘rta va so‘nggi paleolit davrlariga oidligi, balki birinchi davrga oid tosh buyumlarning ikkinchi kompleks davrida ham intensiv qayta ishlov berilganligi hisoblanadi. Yodgorlikning tosh industriyasi Boysuntog‘ning paleolitga oid boshqa komplekslaridan tosh qurollarga bifasial ishlov berish texnologiyalarining keng tarqalganligini ko‘rsatadi. Qorong‘udarada qo‘lga kiritilgan qalin yo‘nilg‘ilar yoki tosh plitkalarning qirralari dastavval, bifasial yo‘nishlar yordamida yupqalashtirilgan va so‘ngra retushlangan. Bu yerdan bir dona yuraksimon bifasning topilishi ham bejizga emas. Qorog‘udaraliklar o‘rta paleolit davridayoq toshlarga bifasial ishlov berishning texnologik malakasiga ega bo‘lganlar. Bu holat Qorong‘udara aholisining ushbu hududga migratsiya qilgan alohida bir madaniy jamoalar birligi ekanligidan dalolat beradi. Janubiy O‘zbekiston hududlaridan qadimgi tosh davriga oid yana bir necha yangi topilmajoylar aniqlandi va bu. Boysuntog‘ hududlari paleolit davri odamlari tomonidan anchayin zich o‘zlashtirilgan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba